Idlib shahrida xudkushning minalangan mashinada terrorchilar shtab-kvartirasiga hujum qilishi oqibatida 12 nafar jangari halok bo`ldi, deb xabar qildi Tvzvezda.ru nashri.
Chorshanba kuni minalangan mashinani boshqargan xudkush Idlib shahridagi to`qimachilik fabrikasi binosida joylashgan “Hayyat tahrir ash-Sham” terrorchilik guruhi shtab-kvartirasini portlatdi. Oqibatda 12 nafar jangari halok bo`ldi.
Nashrning xabar berishicha, mazkur hodisa hokimiyat talashib, raqobatlashgan terrorchilik guruhlari orasidagi kelishmovchilik tufayli yuzaga kelgan.






