AsosiyJamiyat

​PREZIDENT QARORI BILAN «MAHALLA IFTIXORI» KO`KRAK NIShONI TA`SIS ETILDI

'​PREZIDENT QARORI BILAN «MAHALLA IFTIXORI» KO`KRAK NIShONI TA`SIS ETILDI'ning rasmi

«Mahalla iftixori» ko`krak nishonini ta`sis etish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

«Mahalla iftixori» ko`krak nishoni bilan jamiyatimizda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining o`rni va rolini kuchaytirish, joylarda ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlash, millatlararo do`stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yig`inlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo`shib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari taqdirlanadilar.

Ko`krak nishoni bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Taqdirlashga oid takliflar mahalla fuqarolar yig`inlari tomonidan Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha tuman (shahar) kengashlariga beriladi.

Ko`krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to`rt baravari miqdorida bir yo`la to`lanadigan pul mukofoti oladilar.

Ko`krak nishoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti Mustaqillik kuni bayrami arafasida Respublika kengashi raisi tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Qarorning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar