AsosiyJamiyat

​TOShKENTDA ONA IKKI NAFAR FARZANDINING O`LIMIGA SABABChI BO`LDI

'​TOShKENTDA ONA IKKI NAFAR FARZANDINING O`LIMIGA SABABChI BO`LDI'ning rasmi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan poytaxtda jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni munosabati bilan amalga oshirilayotgan ishlarga bag`ishlangan navbatdagi brifing bo`lib o`tdi.

Tadbirda hafta davomida sodir etilgan jinoyatlar to`g`risida ma`lumot berildi.

IIBB boshlig`i o`rinbosari Doniyor Toshxo`jaev tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, Chilonzor tumani hududida muqaddam sudlangan, 1991 yilda tug`ilgan Rinata Musaeva o`zining ikki nafar farzandining o`limiga sababchi bo`lgan.

Musaeva 7, 5 va 3 yoshli qizlarini uyda qarovsiz, havo harorati yuqori darajada issiq bo`lishiga qaramay, xonadon oynalari va eshigini yopiq holatda qoldirib, xonadon eshigini qulflab, o`z ishlari bilan ko`chaga chiqib ketgan va o`zini o`zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo`lgan yosh farzandlarini xavf ostida qoldirgan.

Buning oqibatda Musaevaning 3 va 5 yoshli farzandlari vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar