«Avtoustoz» mas`uliyati cheklangan jamiyatida avtomobil boshqarishni o`rgatuvchilar Doniyor Muqsimov va Yunus Nosirov Shayxontohur tumani hududida fuqaro Hakimova va Asadovaga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o`quv mashg`ulotlariga bormasdan, haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilib, ulardan jami 6 million 760 ming so`m miqdordagi pul olayotgan vaqtda ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Bu haqda profilaktika kuni munosabati Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.
Yuqoridagi holat yuzasidan Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozir jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, fuqaro Muqsimov va Nosirovlarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.






