AsosiyDunyo

​ChUMOLILAR EYFEL MINORASINI “YaSAShDI”

'​ChUMOLILAR EYFEL MINORASINI “YaSAShDI”'ning rasmi

Egulik izlash va yangi hududlarni o`zlashtirishda chumolilar o`z tanasidan minora yasash qobiliyatiga egadir, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.

Mazkur tadqiqot xulosasini entomologlar Royal Society Open Science jurnalida chop etishdi.

Olimlar chumolilar konstruksiya bo`yicha harakat qilib, to uning oxiriga etmaguncha, to`xtamay, o`z tanalaridan minora yasashlari mumkinligini aniqlashdi. Konstruksiya bo`ylab, harakat qilayotgan chumolilar bo`sh joy qidirishadi va mustahkam joylashadi. Chumolilardan yasalgan minora osmono`par binodan ko`ra, ko`proq Eyfel minorasini eslatadi. Chumolilar yuqoriga o`rmalayotganda pastdagilari keng va mustahkam poydevor yasaydi.

Tadqiqotlar chumolilar o`z vaznidan 750 barobar og`ir yukni ko`tara olishini isbotladi. Bitta chumoli elkasida uchta chumolini ko`tarib tura oladi, agar ular ko`payadigan bo`lsa, pastdagilar boshqa joy qidiradi va yuqoriga o`rmalaydi, yuqoridagilari esa pastga tushadi. Natijada minora doimiy harakatda bo`ladi. Tadqiqot mualliflari olingan ma`lumotlar modulli robotlarni yaratishda qo`l kelishi mumkinligiga umid qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar