AsosiyJamiyat

“NABIRAMGA BIR KITOB” AKSIYaSI PARKENT TUMANIDA HAM O`TKAZILDI

'“NABIRAMGA BIR KITOB” AKSIYaSI PARKENT TUMANIDA HAM O`TKAZILDI 'ning rasmi

Parkent tumanining Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan keng qamrovli o`zgarishlarga o`z hissasini qo`shishni istagan, “Jaholatga qarshi ma`rifat” shiori ostidagi ma`rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishni niyat qilgan nuroniy otaxon va onaxonlari (bugungi kunda tumanda 10 mingdan ziyod yoshlik bo`yicha nafaqaxo`rlar bor) “Nabiramga bir kitob” aksiyasi tashabbusi bilan chiqishdi.

Ular 13 iyul kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Qo`shchinor” madaniyat va axoli dam olish maskanida bo`lib o`tgan tadbirda faol ishtirok etishdi.

Tadbirda nuroniylar kitob yaramarkasiga tashrif buyurgan kam ta`minlangan oilalarning farzandlariga hamda radikal oqimlarlar ta`siriga tushgan oilalarning farzandlariga ularni qiziktirgan mavzularga doir kitoblarni sovg`a qilishdi.

Tuman nuroniylari yil davomida kamida 2 nafardan bolalarni (nabiralarini) kitobga bo`lgan qiziqishini kuchaytirish hamda hududdagi kitob do`konlari va kutubxonlarga yoshlarni jalb qilishga yordam berishni o`zlariga vazifa qilib oldilar.

Tadbir viloyatning boshqa tuman, shaharlarida reja asosida o`tkazilishi davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar