Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida AQShda Shavkat Mirziyoevning o`zbekistonliklar bilan uchrashuvini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.
Vazir AQShdagi o`zbekistonliklarga murojaat qilib, shunday yozdi: «Xabaringiz bor, O`zbekiston Prezidenti sentyabrda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyuradi. Shunday ekan, uning o`sha erda yashayotgan atoqli o`zbeklar bilan uchrashuvini tashkil qilmaymizmi? Masalan, men AQShda ta`lim olayotgan chog`imda, 1999 yilda u erda Birinchi Prezidentimiz bilan uchrashganim men uchun ajoyib tajriba bo`lgan. Agar biz shunday uchrashuvni uyushtirsak, bu u erda yashayotgan hamyurtlarimiz uchun ham esda qolarli hodisa bo`lardi, deb o`ylayman.
Buning uchun menga salohiyatli ishtirokchilar ro`yxatini tuzishda yordam beruvchi ko`ngillilar kerak. Agar biz u erda yashayotgan va bunday uchrashuvga qiziqish bildirayotgan ko`plab atoqli o`zbeklar (masalan, olimlar, professorlar, doktorlar, biznesmenlar, xalqaro tashkilotlardagi oliy mansabdorlar va boshqa muvaffaqiyatli kishilar, shu jumladan talabalar) ro`yxatini tuza olsak, men bu g`oyani Ma`muriyatga etkazishga harakat qilaman».
Sherzod Shermatov foydalanuvchilarni boshqa fikr va takliflar bo`lsa, unga yuborishga chaqirgan.
Vazirning Facebook`dagi ingliz tilidagi murojaati "Daryo" internet nashri tomonidan o`zbek tiliga o`girildi.






