1

​AQShDA NOTO`G`RI AYBLOV TUFAYLI 21 YIL QAMOQDA O`TIRGAN ODAM OZODLIKKA ChIQDI

Dunyo 14.07.2017, 14:30
​AQShDA NOTO`G`RI AYBLOV TUFAYLI 21 YIL QAMOQDA O`TIRGAN ODAM OZODLIKKA ChIQDI

25 yillik qamoq jazosiga hukm qilinib, uning 21 yilini panjara ortida o`tkazgan Jabbor Vashington nihoyat ozodlikka chiqib, oilasi bag`riga qaytdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Nyu-Yorkda noto`g`ri ayblov tufayli qotillikda gumonlanib, 21 yil qamoqda o`tirgan erkak ozodlikka chiqdi. 1997 yilda Ronalda Ellisning xonadoniga noma`lum shaxslar niqob kiygan holda kirib, uy egasini o`ldirgan, oila a`zolaridan besh kishiga tan jarohati etkazgan edi. Jabrlanganlardan biri polisiyada mazkur qotillikda Jabbor Vashingtondan gumon qilayotganligini ma`lum qilgan. Biroq ertasi kuni adashganligini, Jabbor Vashingtonni uyi oldida ko`p marotaba uchratganligi uchun undan shubhalanganligini aytgan. Uning ko`rsatmalari hujjatlarga qayd etiladi, ammo sudlanuvchining advokatiga etib kelmaydi.

Oradan 21 yil o`tgachgina, himoyachi Vashingtonning aybsizligini isbotladi. Belgilangan 25 yillik qamoq jazosining 21 yilini panjara ortida o`tkazgan Jabbor Vashington nihoyat oilasi bag`riga qaytdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1