AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON XALQ TABOBATI AKADEMIYaSI RAISI MUHAMMADJON HAMROEV VAFOT ETDI

'O`ZBEKISTON XALQ TABOBATI AKADEMIYaSI RAISI MUHAMMADJON HAMROEV VAFOT ETDI'ning rasmi

O`zbekiston ilmu-fan olamida yana bir og`ir judolik yuz berdi.

O`zbekiston xalq tabobati Akademiyasi raisi Muhammadjon Hamroev vafot etdi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil o`zining Facebook`dagi sahifasida ma`lum qildi.

"Yurtimizning taniqli ziyolisi, olimi, qadrdonimiz Muhammadjon Hamroevning vafoti munosabati bilan u kishining oila a`zolariga, qarindosh-urug`, yoru-birodarlariga chuqur ta`ziyamizni izhor qilamiz. Iloho joylari jannatda bo`lsin, barcha qilgan yaxshi amallari qiyomat kuni mushkullarini oson qilsin. Janoza bugun "Minor" jom`e masjidida o`qiladi",—deb yozadi shoir o`z sahifasida.

"Darakchi.uz" tahririyati nomidan marhumning oila a`zolariga hamdarlik bildiramiz.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar