1

​AQShDA GALERIYaDA SELFIGA TUShMOQChI BO`LGAN QIZ 200 MING DOLLARLIK EKSPONATNI SINDIRIB QO`YDI

Dunyo 14.07.2017, 16:07
​AQShDA GALERIYaDA SELFIGA TUShMOQChI BO`LGAN QIZ 200 MING DOLLARLIK EKSPONATNI SINDIRIB QO`YDI

Ismi-sharifi haqida ma`lumot berilmagan ayol Los-Anjelesdagi 14th Factory ekspozisiyasiga tashrifi chog`ida, selfiga tushishga qaror qilgan va maxsus asoslarda o`rnatilgan eksponatlar hamda boshqa haykaltaroshlik namunalari yoniga o`tirgan, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Videokuzatuv kameralaridagi yozuvga ko`ra, ayol muvozanatni yo`qotgan va o`ziga eng yaqin bo`lgan eksponatni turtib yuborgan. Bu o`ziga xos domino effektini yuzaga keltirdi, natijada kamida 10 ta art-ob`ektli postamentlar tushib ketdi.

Muzey xodimlarining ma`lum qilishicha, rassomlar Saymon Berch, Gloriya Yu, Gabrieel Chan va Jeykob Blitserlar yaratgan ijod namunalari hodisa tufayli “tiklab bo`lmaydigan holatga kelgan”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1