1

QUDDUSDAGI HUJUM OQIBATIDA IKKI NAFAR POLISIYaChI HALOK BO`LDI

Dunyo 14.07.2017, 16:52
QUDDUSDAGI HUJUM OQIBATIDA IKKI NAFAR POLISIYaChI HALOK BO`LDI

Quddus shahrining tarixiy, Eski shahar qismida bo`lgan otishmada ikki nafar isroillik polisiyachi halok bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

“Terrorchilar hujumi vaqtida ikki nafar polisiyachi o`q otar quroldan olgan tan jarohati oqibatida halok bo`ldi”, deb yozdi polisiya matbuot kotibi Miki Rozenfeld o`zining Twitter sahifasida.

Quddusning eski shahar qismida joylashgan Arslon darvozasi yonida navbatchilikda turgan polisiyachilarga uch nafar isroillik arab o`q uzib, voqea joyidan yashirindi. Ular qidiruv tadbiri davomida yo`q qilindi. Yana uch nafar polisiyachi yaralandi. Ulardan ikki nafarining ahvoli og`ir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1