AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA “MEHNAT FAXRIYSI” KO`KRAK NIShONINI TA`SIS ETILDI

'O`ZBEKISTONDA “MEHNAT FAXRIYSI” KO`KRAK NIShONINI TA`SIS ETILDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 14 iyul kuni “Mehnat faxriysi” ko`krak nishonini ta`sis etish to`g`risida qaror imzoladi. Qaror matni O`zAda e`lon qilindi.

“Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta`lim, sog`liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko`p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas`uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag`ishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadilar.


I darajali ko`krak nishoni bilan kamida 35 yillik mehnat stajiga ega shaxslar;

II darajali ko`krak nishoni bilan kamida 30 yillik mehnat stajiga ega shaxslar;

III darajali ko`krak nishoni bilan kamida 25 yillik mehnat stajiga ega shaxslar, shuningdek, jamiyatda hurmat qozongan ishlamaydigan onalar taqdirlanadilar.

I darajali ko`krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to`rt baravari miqdorida, II darajali ko`krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida bir yo`la to`lanadigan pul mukofoti oladilar.

    Boshqa yangiliklar