Bugun, 14 iyul kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumaniga Odilxon Boqievich Rustamov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Odilxon Rustamov bunga qadar “O`zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi lavozimida ishlagan.
Shayxontohur tumanining avvalgi hokimi Oybek Mirtemirov boshqa ishga o`tkazildi. U tumanga hokim etib 2016 yil 26 oktyabrda tayinlangan edi






