12 iyul kuni taxminan soat 19:30larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent temir yo`l transporti muxandislari instituti Axborot resurslari markazi etakchi mutaxassisi Xasanov Furqat Shukurulla o`g`li, fuqaro Esonov Abdumalik Turg`un o`g`lining ishonchiga kirib, unga oliygohning mansabdor shaxslariga pora berish yo`li bilan mazkur institutga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, buning uchun undan 8.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo`lga olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya`ni ancha miqdorda, o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.






