AsosiyJamiyat

​XALQARO VALYuTA JAMG`ARMASI DIREKTORI O`ZBEKISTONDAGI VALYuTA ISLOHOTLARINI QO`LLAB-QUVVATLAShINI MA`LUM QILDI

'​XALQARO VALYuTA JAMG`ARMASI DIREKTORI O`ZBEKISTONDAGI VALYuTA ISLOHOTLARINI QO`LLAB-QUVVATLAShINI MA`LUM QILDI'ning rasmi

O`zbekiston delegasiyasi 4−9 iyul kunlari Xalqaro valyuta jamg`armasining shtab-kvartirasida mamlakatimizda valyuta siyosatini isloh qilish yuzasidan muzokaralarning birinchi raundini o`tkazdi.

Delegasiya tarkibiga Markaziy bank, Moliya vazirligi va Tiklanish va taraqqiyot Jamg`armasi rahbarlari kirdi.

Xalqaro valyuta jamg`armasi ijrochi direktori Kristin Lagard tashrif yakuni bo`yicha Prezident Shavkat Mirziyoevga O`zbekistonda valyuta islohotlarini qo`llab-quvvatlashini qayd etdi.

Maktub matni O`zAda e`lon qilindi:

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! Men Siz va Sizning iqtisodiy jamoangiz O`zbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va aholi moddiy farovonligini yuksaltirish yo`lida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish borasida mamlakat iqtisodiyotini isloh etishga yo`naltirilgan sa`y-harakatlaringizni astoydil ma`qullayman. Shuni ishontirib aytamanki, Sizning rahbarligingizda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini biz texnik ko`maklashish va iqtisodiy siyosat masalalari bo`yicha tavsiyalar berish orqali to`liq qo`llab-quvvatlashga tayyormiz. Bir necha kun avval Xalqaro valyuta jamg`armasi bosh qarorgohida jamg`arma xodimlari bilan Sizning vakillaringiz valyuta siyosatini isloh qilish yo`llari bo`yicha dastlabki uchrashuv o`tkazganidan g`oyat mamnunman. Jamg`arma xodimlari bu boradagi ishlarni davom ettirish uchun yaqin orada Toshkentga borishidan xursandman. Sizning vakillaringiz va Xalqaro valyuta jamg`armasi xodimlari yaqin vaqtlarda O`zbekistonda investisiya muhitini takomillashtirish maqsadida boshqa yo`nalishlarda ham olib borilayotgan islohotlar orqali valyuta tizimini erkinlashtirishni qo`llab-quvvatlashga doir keng ko`lamli masalalarni, jumladan, iqtisodiy statistikani yaxshilash chora-tadbirlarini muhokama etishiga ishonaman. Bu hukumat va investorlarga asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Janob Prezident, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida O`zbekiston ulkan natijalarni qo`lga kiritishiga qat`iy ishonaman va biz Sizni bu borada har tomonlama qo`llab-quvvatlashga tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlayman.

Samimiyat bilan,

Kristin Lagard,

Xalqaro valyuta jamg`armasi

ijrochi direktori

    Boshqa yangiliklar