1

​PLYaJDA SAYYoH AYoLNI SAMOLYoT ShAMOLI UChIRIB KETIShI OQIBATIDA HALOK BO`LDI (VIDEO)

Dunyo 15.07.2017, 10:12
​PLYaJDA SAYYoH AYoLNI SAMOLYoT ShAMOLI UChIRIB KETIShI OQIBATIDA HALOK BO`LDI (VIDEO)

Yangi Zelandiyalik sayyoh ayol Karib orollarining Sint-Marten orolidagi aeroport yaqinidagi plyajda samolyot parvozini tomosha qilayotganda halok bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Uchayotgan samolyotning havo to`lqini ayolni yo`lakchaga irg`itdi, boshidan qattiq jarohat olgan ayol voqea joyida vafot etdi. Fojia 12 iyul kuni ro`y berdi. Yangi Zelandiyalik 57 yoshli ayol Karib oroliga do`stlari bilan dam olish uchun kelgan edi. To`siq oldida Trinidad yo`nalishi bo`yicha uchayotgan “Boing-737” samolyot parvozini kuzatayotgan ayolni samolyot turbinasidan chiqqan havo to`lqini uloqtirib yubordi. Ayol kasalxonaga olib borildi, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo`lmadi.

"Djuliana" aeroporti Sint-Marten orolidagi eng diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi. U plyaj yonida joylashganligi tufayli minglab sayyohlar samolyotlar parvozini tomosha qiladi. Aeroport to`sig`iga ogohlantiruvchi belgilar qo`yilganligiga qaramay, sayyohlar bunga e`tibor qaratishmaydi. 2012 yilda ham yana bir sayyoh xuddi shu tarzda boshidan jarohat olib, voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan edi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1