1

​15 IYuL HARAKATI – TURK XALQI IRODASINING IFODASI

Dunyo 15.07.2017, 10:48
Teglar: Turkiya
​15 IYuL HARAKATI – TURK XALQI IRODASINING IFODASI

Bundan roppa-rosa bir yil ilgari – 2016 yil 15 iyul kuni Turkiya tarixida ham qonli, ham shonli voqea yuz bergandi.

Xuddi shu kuni Turkiya Qurolli kuchlari ichiga sizib olgan va Fetullaxchi terroristik tashkiloti (FETO) a`zosi bo`lgan harbiylar tomonidan amalga oshirilgan davlat to`ntarishiga urinishning maqsadi Prezident Rejep Tayyip Erdog`anga suiqasd uyushtirish, konstitusion tuzum va parlament tizimini ag`darish edi.

15 iyul kechasi boshlangan davlat to`ntarishga urinish, Prezident Erdog`anning milliy media tarmoqlari orqali chiqish qilib, xalqni demokratiyani himoya qilish uchun maydonlarga chiqishga chaqirgandan so`ng muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

O`n minglab tinch aholi demokratiyani va saylov orqali hokimiyat tepasiga kelgan hukumatni himoya qilish maqsadida ko`chalarga chiqdi va halqning jahon tarixida misli ko`rilmagan qahramonona hatti-harakati tufayli davlat to`ntarishining oldi olindi.

Davlat to`ntarishga urinish vaqtida Turkiya Buyuk millat majlisiga havo zarbalari berildi. Prezident saroyi, polisiya qarorgohlari va Milliy razvedka tashkilotiga hujumlar uyushtirildi va davlat to`ntarishiga qarshi chiqqan va milliy irodani himoya qilgan tinch aholiga o`q uzildi. Buning natijasida tinch aholi vakillaridan 250 kishi halok bo`ldi, 2000 dan ortig`i esa yaralandi.

Turkiya 15 iyul kuni nafaqat mamlakat tarixining eng qonli davlat to`ntarishiga urininish balki juda ham keng qamrovli terroristik huruj bilan yuzma yuz keldi. Bunga javoban turk xalqining demokratiyani himoya qilish maqsadida ko`rsatgan qarshiligi butun dunyoninig diqqatiga sazovor bo`ldi.

FETO oxirgi 40 yildan buyon davlatni qo`lga olish maqsadida ta`lim muassasalari, madaniyat markazlari, kasbiy uyushmalar va nodavlat notijorat tashkilotlari orqali strategik idora va muassasalarga sizib kirmoqda. 2014 yildan beri mazkur tashkilot a`zolarini davlat tashkilot va idoralaridan uzoqlashtirishga harakat qilingan bo`lsada, 15 iyul kuni sodir bo`lgan davlat to`ntarishiga urinish bu tashkilotning davlat tizimi ichida na qadar mustahkam o`rnashib olganini ko`rsatdi. Shuning uchun ham barcha davlat idora va tashkilotlarini FETO a`zolaridan tozalash maqsadida milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarga rioya qilgan holda, Turkiyada favqulodda holat tartibi e`lon qilindi.

Sodir bo`lgan davlat to`ntarishiga urinishdan so`ng FETO a`zolari va shubhali shaxslarga doir olib borilgan tergov surishturuv ishlari huquqiy fuqarolik jamiyati mezonlari asosida, milliy va xalqaro qonun me`yorlari doirasida olib borildi. Ularga tergov surishturuv komissiyasiga murojaat qilish va e`tiroz bildirish huquqi berilgan.

Shu bilar bir qatorda davlat to`ntarishiga urinishning izlari tez sur`atda yo`qotildi va xalqning kundalik hayot tarzi va iqtisodiy faoliyatlari esa o`z holatiga qaytdi.

Ta`kidlash o`rinliki, bugungi kunda qardosh va qadrdon turk xalqi, turk davlati O`zbekiston bilan teng huquqli hamkorlik olib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Sharhlar

Endi Turkiyani suv bosmoqda (video)

01.05.2024, 16:06

Mamlakat poytaxtida yoqqan kuchli yomg`ir sabab Anqara ko`chalarini suv bosdi. Bu haqda TRT haber ma`lum qildi.Buning oqibatida shahar transport tizimi va aeroport ishida uzilishlar kuzatilgan.“Yo`llar...
Erdo`g`an Iroq bilan munosabatlarda burilish nuqtasi borligini ma`lum qildi

22.04.2024, 20:57

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning Iroqqa tashrifi va uning doirasida imzolangan kelishuvlar Turkiya-Iroq munosabatlarida yangi burilish nuqtasi bo`lishiga ishonch bildirdi. Bu haqda davlat rahbari Iroq...
Turkiyadagi o`zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

21.04.2024, 15:36

Turkiya hududida bo`lgan o`zbekistonliklar ogohlikka  chaqirildi. Bu haqda Istanbul Boshkonsulxonasi xabar berdi. Xabar berilishicha, Turkiya hududida keng tarqalayotgan firibgarlikning navbatdagi turlaridan biri:onlayn savdo orqali bergan buyurtmani...
Turkiyada muxolifat Erdo`g`onning partiyasini mag`lub etdi

01.04.2024, 09:13

Avval xabar qilganimizdek, yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo`lib o`tdi. Bayonnomalarning 93 foiz sanab chiqilganda, Respublika xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1