1

XITOYDAGI KUChLI YoG`INGARChILIK 80 KIShINING HAYoTIGA ZOMIN BO`LDI

Dunyo 15.07.2017, 12:15
XITOYDAGI KUChLI YoG`INGARChILIK 80 KIShINING HAYoTIGA ZOMIN BO`LDI

Xitoyning Szilin provinsiyasida kuchli yog`ingarchilik tufayli 75 ming kishi evakuasiya qilindi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Suv toshqini 260 ming nafar mahalliy aholining boshpanasiga ziyon keltirdi. Hukumat oldida aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash muammosi tug`ildi. Maktablarda jabrlanganlar uchun vaqtinchalik yashash joylari tashkil etildi. Bu erga insonning kundalik ehtiyoji uchun zarur bo`lgan barcha narsalar olib kelindi. Yana sel kelishi va ko`chki xavfi tufayli shoshilinch xizmatlar kuchaytirilgan ish tartibiga o`tkazildi.

Xitoyda bir haftdan beri yog`ingarchilik to`xtamayapti. Shu vaqt mobaynida tabiiy ofat tufayli 80 kishi halok bo`ldi va dom-daraksiz yo`qoldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1