1

ShAVKAT MIRZIYoEV YuNUSOBOD TUMANIGA TAShRIF BUYuRDI

Jamiyat 15.07.2017, 13:46
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident
ShAVKAT MIRZIYoEV YuNUSOBOD TUMANIGA TAShRIF BUYuRDI

Prezident Shavkat Mirziyoev 15 iyul kuni poytaxtimizning Yunusobod tumaniga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari tumanda joylashgan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Qo`riqlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi, deb yozadi O`zA.

Mamlakatimizda ichki ishlar tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan profilaktika inspektorlari o`zi xizmat qilayotgan hududda yashaydigan, fuqarolar yig`inlari bilan birga ishlaydigan yangi tizim yaratilmoqda. Ichki ishlar xodimlari uy-joy, avtomobil va zamonaviy texnika vositalari bilan ta`minlanmoqda.

Sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari joriy etilayotgani tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlashda muhim o`rin tutmoqda. Mamlakatimizdagi barcha milisiya tayanch punktlarini o`zaro bog`lovchi optik tolali tizim barpo etilmoqda.

Prezidentimiz 8 iyul kuni Namangan shahridagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig`ini profilaktika inspektori xizmat xonasida o`rnatilgan kompyuter orqali Xorazm viloyati Xiva tumani ichki ishlar bo`limi xodimlari bilan videomuloqot qilgan edi.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Qo`riqlash boshqarmasida ham jamoat xavfsizligini ta`minlashda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bosh boshqarmada «Xavfsiz shahar» boshqaruv situasion markazi tashkil etilmoqda. Markaz yo`l harakati xavfsizligi, yong`in xavfsizligi, qo`riqlash xizmati, post-patrul xizmati va boshqa tarmoqlarni geoinformasion tizim orqali boshqaradi. Bozorlar, ta`lim va tibbiyot muassasalari, mehmonxonalar, yo`llar va boshqa jamoat joylariga o`rnatilgan videokuzatuv uskunalari, zamonaviy signal uzatish texnikasi bunda qo`l keladi. Bu jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish, ularni tez fursatlarda bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.

Tinchlik-osoyishtalikni ta`minlash tizimi bugungi hayotimiz talablariga mos bo`lishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Yangi zamonaviy tizim samarali ishlashi uchun uni mukammal o`zlashtirish, bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish zarur.

Prezidentimiz mazkur boshqaruv tizimini ikki yil davomida sinovdan o`tkazish, ichki ishlar xodimlarining axborot texnologiyalari bo`yicha bilimini oshirish, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkentdagi Inha universitetida ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash, tizim puxta o`zlashtirilganidan keyin uni mamlakatimizning barcha shaharlarida joriy etish zarurligini ta`kidladi.

Sharhlar

Prezident ko`mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi

13.05.2024, 17:53

Prezident Shavkat Mirziyoev 13 may kuni ko`mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Aholi va iqtisodiyotning o`sib borayotgan...
Prezident Rossiyaga etib bordi

08.05.2024, 17:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz...
Prezident yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

07.05.2024, 14:24

Mirziyoev Vengriya, Eron, Chexiya, O`mon va Jazoirning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Prezidentimiz Chexiya Respublikasi O`zbekistonning Evropa...
Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1