AsosiyJamiyat

PETERBURGDAGI YoNG`INDA HALOK BO`LGAN XORAZMLIKLARNING JASADLARI O`ZBEKISTONGA OLIB KELINADI

'PETERBURGDAGI YoNG`INDA HALOK BO`LGAN XORAZMLIKLARNING JASADLARI O`ZBEKISTONGA OLIB KELINADI'ning rasmi

Sankt-Peterburg shahri tarkibiga kiruvchi Kolpino shahrida 13 iyuldan buyon bo`lib turgan O`zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi xodimlari 2017 yilning 15 iyul kuni Sankt-Peterburg shahri tergov organlarining yong`inda halok bo`lgan 7 ta O`zbekiston fuqarolari jasadlarini aniqlash bo`yicha tadbirlarida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtda o`lim to`g`risidagi guvohnomalar va jasadlarni O`zbekistonga olib kelishga ruhsat beruvchi rasmiy hujjatlar tayyorlanmoqda va boshqa tegishli choralar ko`rilmoqda.

Elchixona barcha masalalarni tezda hal qilish maqsadida halok bo`lganlarning oila a`zolari va Sankt-Peterburg va Kolpino shaharlarining tegishli tuzilmalari bilan doimiy aloqada bo`lib turibti.

    Boshqa yangiliklar