Shu kunlarda poytaxtimizning Sergeli tumanida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Prezident Qaroriga asosan, bu erda imtiyozli kredit evaziga olish mumkin bo`lgan yangi 7 qavatli uylarning qurilishi ketmoqda.
Umumiy rejada – respublika bo`ylab 500 ko`pqavvatli uylarni barpo etish, shulardan 191 tasi bu yil topshiriladi. Toshkentda 66 uyni shu yilning sentyabrida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Uylar eng avvalo yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj bo`lgan fuqarolarga beriladi. Uylarni olishga rasmiy ish joyi bo`lmagan, STIR bo`lmagan, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan, pensioner hamda Toshkentda ro`yxatdan o`tmagan fuqarolarga berilmaydi.
Bunday uylarni olishni istagan fuqarolar yashash joyi bo`yicha tuman hokimiyatida tashkil qilingan komissiyaga murojaat qilishlari lozim.
“Darakchi plyus” nashri jurnalisti qurilish joyida bo`lib, uylarning tashqi va ichki ko`rinishini suratlarga muhrladi.
Qurilish maydonlarining ko`rinishi mana bunday:
Tashqi fasad bo`yicha ham ishlar boshlab yuborilgan.
Birdan to`rt xonagacha bo`lgan uylarning barchasi tayyor holda, ta`mirlash ishlari, jihozlar, maishiy texnika va tayyor santexnika bilan topshiriladi.
Uylarda raqamli TV va optik tolali internetga ulanish uchun ham imkoniyat hozirlangan.
Rejaga o`simliklar ham kiritilgan:
Yuvinish xonalari kafellar bilan jihozlangan.
Oshxona jihozlari O`zbekistonda ishlab chiqarilgan.
Erto`laga tushish yo`li
Pod`ezdlarda domofon va liftlar ko`zda tutilgan
Yangi uylarning har birining alohida issiqlik ta`minoti mavjud: