1

​TURKIYa FUQAROLARI MOBIL TELEFONDA GUDOK O`RNIGA ERDO`G`ANNING TABRIGINI EShITIShDI

Dunyo 17.07.2017, 11:00
​TURKIYa FUQAROLARI MOBIL TELEFONDA GUDOK O`RNIGA ERDO`G`ANNING TABRIGINI EShITIShDI

Mobil telefondan foydalanuvchi Turkiya fuqarolari amalga oshmagan davlat to`ntarishining bir yilligi munosabati bilan mamlakat prezidenti Rajab Toyip Erdo`g`onning tabrigini eshitishdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

“Mamlkat prezidenti sifatida sizlarni demokratiya va xalq birdamligi kuni bilan muborakbod etaman! Jafokashlarga avf, qahramonlarga sog`lik va omonlik tilayman!”, deyilgan Turkcell va Vodafone mobil operatorlariga Erdo`g`on tomonidan yozilgan tabrikda.

Prezident tabrigi 15 iyul kuni yarim kechasi yangradi. Aloqani ulab beruvchi gudoklar Prezident tabrigidan keyingi boshlandi. Milliy bayram munosabati bilan Turkcell foydalanuvchilariga bepul trafik gigabayti taqdim etildi.

Eslatib o`tamiz, 2016 yilning 15 iyulidan 16 iyulga o`tar kechasi bir guruh isyonchilar Turkiyada harbiy to`ntarish qilishga uringan edi. Asosiy qarshiliklar Anqara va Istanbul shaharlarida bo`lib o`tgandi. Isyon oqibatida 240 nafar Turkiya fuqarosi halok bo`lgan, ikki mingdan ortiq kishi yaralanib, isyon bostirilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1