AsosiyJamiyat

​TIV AXBOROTI: 7 NAFAR O`ZBEKISTONLIKNING JASADI URGANCh ShAHRIGA OLIB KELINDI

'​TIV AXBOROTI: 7 NAFAR O`ZBEKISTONLIKNING JASADI URGANCh ShAHRIGA OLIB KELINDI'ning rasmi

O`zbekiston TIV Konsullik boshqarmasining axboroti e`lon qilindi.

O`zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra, Kolpino shahrida yuz bergan yong`in oqibatida halok bo`lgan 7 nafar O`zbekiston fuqarolarining jasadlari Sankt-Peterburg hokimiyati idoralari hamda “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi ko`magida 2017 yilning 17 iyul kuni Urganch shahriga olib kelindi.

Jasadlarning shaxsini tasdiqlash, vafot etganlik to`g`risidagi guvohnomalarini rasmiylashtirish jarayonlari yakuniga etdi va tergov organlaridan jasadlarni transportirovka qilishga ruxsat olindi.

Hozirgi vaqtda yong`in sabablarini aniqlash bo`yicha tergov ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar