AsosiyJamiyat

Toshkentda 15 yoshli o`smir avtomobil boshqarib, YTH sodir etdi

'Toshkentda  15 yoshli o`smir avtomobil boshqarib, YTH sodir etdi'ning rasmi

Toshkent shahrida 17 iyul, dushanba kuni mudhish yo`l-transport hodisasi yuz berdi.

"Jomiy" qurilish mollari bozorida 15 yoshli o`smir Spark avtomobili ruliga o`tirib, boshqaruvni yo`qotgan. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining ma`lum qilishlaricha, o`smir yigit gaz va tormoz pedallarini almashtirib yuborgan. Oqibatda esa avtomobil bozorda ishlaydigan sotuvchilardan birini bosib qolgan. Bundan tashqari u yo`l chetida turgan avtomobillardan biriga ham zarar etkazgan bo`lishi mumkin. Suratlarda Spark`ning jiddiy zarar ko`rgani aks etgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Spark ostida qolib ketgan yigit og`ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. 15 yoshli "haydovchi"ning ahvoli haqida ma`lumotlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar