AsosiyDunyo

AFG`ONISTONDA SUV TOShQINI OQIBATIDA 17 KIShI HALOK BO`LDI

'AFG`ONISTONDA SUV TOShQINI OQIBATIDA 17 KIShI HALOK BO`LDI'ning rasmi

Afg`onistonda suv toshqini oqibatida kamida 17 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.

Tabiiy ofatga Qobul va Afg`onistonning markaziy qismiga yoqqan yog`ingarchilik sabab bo`ldi. Ayni paytda besh kishi bedarak yo`qolgan, yana etti kishi jarohatlangan. Tuman rahbari Muhammad Fahim Musaziy suv toshqini uylar va ekinlarga ham jiddiy zarar etkazganligini ma`lum qildi. Suv toshqini oqibatida 10 dan ortiq bino vayron bo`ldi. Ilgari AQShning Arizona shtatidagi suv toshqinida 9 kishi halok bo`lgani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar