AsosiyJamiyat

​ANDIJONDA «HARAKAT XAVFSIZLIGI» TADBIRI BOShLANDI

'​ANDIJONDA «HARAKAT XAVFSIZLIGI» TADBIRI BOShLANDI'ning rasmi

Andijon viloyati IIB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalliy hokimiyat, o`zini-o`zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda jamoatchilikni jalb etgan holda yo`l-transport hodisalarining oldini olish, transport va piyodalar oqimini tartibga solish bo`yicha keng qo`lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Biroq, ayrim fuqarolarimiz yo`l-harakati qoidalariga rioya etmasliklari natijasida yo`l-transport hodisalarida jabr ko`rayotgani achinarlidir.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan 2 oy davomida, ya`ni, joriy yilning 10 iyul kunidan 10 sentyabr kuniga qadar viloyatimiz hududida “Harakat xavfsizligi” tadbiri o`tkazilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar