AsosiyJamiyat

​“Yoshlar” telekanalida “Kto xochet stat millionerom?” va “Golos” loyihalarining o`zbekcha talqini efirga uzatiladi

'​“Yoshlar” telekanalida “Kto xochet stat millionerom?” va “Golos” loyihalarining o`zbekcha talqini efirga uzatiladi'ning rasmi

O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanalida bir nechta yangi loyihalar ustida ishlamoqda.

Taniqli shoir Muhammad Ismoil Ozodbek Nazarbekov bilan bog`lanib, mazkur yangiliklar haqida xabar berdi.

“ ‘KAK STAT MILLIONEROM’, ‘GOLOS’ singari dunyoga mashhur ko`rsatuvlarning xorijdagi mualliflari bilan,shu ko`rsatuvlarning o`zbekcha variantini tayyorlash borasida shartnoma imzolash arafasidamiz.Ijodiy rejalarimiz juda katta. Xudo quvvat bersa bu loyihalarni albatta amalga oshiramiz... Menga ishonch bildirganliklari uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevdan juda minnatdorman”,—deydi Ozodbek Nazarbekov shoir bilan suhbatda.

Avvalroq, “Yoshlar” kanalida 20 iyul kuni efirga uzatiladigan “Yoshlar qabulxonasi” deb nomlangan ko`rsatuvga Ozodbek Nazarbekov boshlovchilik qilishi haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar