1

​BRITANIYaLIK JUFTLIK ANTARKTIDADA TO`Y QILDI

Dunyo 19.07.2017, 09:36
​BRITANIYaLIK JUFTLIK ANTARKTIDADA TO`Y QILDI

Britaniyalik juftlikning to`yiga mehmonlar qimmatbaho oqshom liboslarida emas, balki issiq va qalin kiyimlarda kelishga majbur bo`lishdi, deb xabar qildi Ntv.ru nashri.

Chunki sevishganlar to`yni Antarktidada o`tkazishdi. Kelin minus 9 daraja sovuqda yuqa, to`q sariq rangli ko`ylakda to`y suratiga tushdi. Kuyov nikoh uzugini o`zi mahalliy ustaxonada misdan yasadi.

Kelin-kuyov bundan 11 yil ilgari turistik markazda tanishgan. Ularning har ikkalasi ham mohir alpinist, instruktor va sayohatchidir. Ularning bunday noodatiy joyda to`y qilishlariga shular ham sabab bo`ldi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1