1

​DI KAPRIO ShAHARDA BELIGA AXLAT SOLINGAN PAKETNI ILGANChA, XOTIRJAM SAYR QILDI

Dunyo 19.07.2017, 10:01
​DI KAPRIO ShAHARDA BELIGA AXLAT SOLINGAN PAKETNI ILGANChA, XOTIRJAM SAYR QILDI

Twitter foydalanuvchilari aktyor Leonardo Di Kaprioning beliga axlat solingan paketni ilgancha sayr qilib yurgani aks etgan fotosuratga e`tibor qaratishdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Foydalanuvchilar aktyorning beparvo va xursand holda paketni beliga ilib yurgani hayratga soldi. Ulardan biri bu haqda shunday deb yozdi: “Beliga sumka osib olganday, axlat paketni ilib olgan Leonardo Di Kapriochalik hech kim beg`am va beparvo bo`lolmaydi”.

Paketning og`irligidan shortigining pastga tushib ketishi ham Di Kaprioni tashvishga solmadi. Esquire modalar jurnali aktyorni “Axlat uslubining qiroli”, deb atab, uning modalar olamiga yangi uslubni olib kirganligini ta`kidladi. Binafsharang paket ichida nima borligi, nima uchun Di Kaprio bunchalik xursandligi noma`lumligicha qoldi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Di Kaprioning xatti-harakatlarini kuzatishni yoqtiradi. 2016 yilning mart oyida “Oskar” mukofotini topshirish marosimida aktyor skaut qiz bergan pecheneni ochib egani aks etgan fotosurat ham foydalanuvchilarning diqqat-e`tiborini tortib, memga aylangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1