Ekspertlar O`zbekistonda eng keng tarqalgan saraton turini ma`lum qilishdi.
“Darakchi plyus” nashriga O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Boshqarmasidan ma`lum qilishlaricha, bu ko`krak bezi saratonidir.
Onkologik xastalikning bu turi 100 ming aholidan 9,1 holatda aniqlanadi.
Ekspertlarning ma`lum qilishlaricha, irsiy omil ayollarda ko`krak bezi saratoni rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega, ayniqsa ona tomondan. Kasallik BRSA 1-2 genlarining mutasiyasi bo`lgan taqdirda 45-75% holatda o`tadi.
Ko`krak bezi saratonini oldini olish uchun 50 yoshgacha bo`lgan ayollar har yili UTT tekshiruvidan o`tishi lozim. 50 yosh va undan katta ayollar esa mammografiya qilishlari kerak. Shuningdek har bir ayol ko`krak bezini har oyda tekshirib turishi lozim. Har qanday shubha paydo bo`lganda mammologga murojaat qilish lozim, deya qayd etadi SSV.






