1

​“ISLOM DAVLATI” TERRORChILARI QADIMIY RASAFANING TARIXIY OBIDALARINI MINALAShTIRDI

Dunyo 19.07.2017, 10:36
​“ISLOM DAVLATI” TERRORChILARI QADIMIY RASAFANING TARIXIY OBIDALARINI MINALAShTIRDI

“Islom davlati” jangarilari Suriyaning Rasafa shahridagi tarixiy obidalarni minalashtirdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Rasafa – bir yarim ming yillik, arvoh shahar hisoblanadi. Uning yodgorliklari qiymati Palmir shahrining tarixiy obidalari qiymati bilan tengdir. Bundan ikki hafta ilgari Rasafa shahri jangarilar nazoratida edi. Keyinchalik Rossiya harbiy kuchlari yordamida Suriya armiyasi nazoratni o`z qo`liga oldi.

Jangarilar chekinar ekan, ko`plab tarixiy yodgorliklarni minalashtirishga ulgurdi. Ular shahar darvozasi, qo`rg`on, tabarruk Sergiy nomli katta butxona, bazilika, qal`a devorlari va minoralardir.

Shu kungacha suriyalik sapyorlar Latakiining 11 qishlog`ida mingdan ortiq minalarni zararsizlantirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1