14.08.2013 22:34
Chilining O`zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Qisqacha marosimdan keyin bo`lib o`tgan suhbat chog`ida O`zbekiston-Chili munosabatlarining ikkitomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasidagi rivoji ko`rib chiqildi.
Tomonlar hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdilar. Muntazam ravishda tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlarini o`tkazish, parlamentlararo aloqalarni yo`lga qo`yish, ishbilarmon doira vakillari va madaniy - gumanitar sohada to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni yo`lga qo`yish shular jumlasidan.
Uchrashuvda shuningdek tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.
Foto: A.Ilyasov ("Jaxon" A.A)





