Ingushetiyadagi qishloqlardan biriga rahbarlik qilgan Ali-Yurt Gagiev o`g`li janjalli voqeaning qahramoniga aylangach, ishdan bo`shatildi, deb xabar berdi Srimerussia.com nashri.
Ingushetiya rahbari Yunus Bek-Evkurov to`y kuni kelinning boshidan viski quygan amaldorning o`g`lini qarindoshlari sha`nini sharmanda qildi, deb hisobladi. Butun Ingushetiya ahlini Gagievning o`g`li to`y kuni kelinning boshidan viski quygani aks etgan videorolik hayratga soldi. Kelin avvaliga kuyovning xo`rlashiga chidagan bo`lsa, oradan bir necha soniya o`tgach. Ko`zda yosh bilan o`zini kresloga tashladi. To`yga tashrif buyurgan mehmonlardan biri kelinni himoya qilish qilmoqchi bo`lganda, kuyov unga qarshilik ko`rsatdi.
Kuyov o`zining bu xatti-harakati bilan go`yoki ingushlarning “kelinni tilga kirgizish” udumini bajargan. Bu fikr qachon kuyovning xayoliga kelgani noma`lum. Mazkur udumni bajarish jarayonida spirtli ichimlikdan foydalanish, uni kelinning boshidan quyish odati mavjud emas. Udumga ko`ra, yosh yigitlar kelinni kuldirishga harakat qilishi, kelin esa bir so`z demasligi, kulmasligi, mehmonlar kelinga pul bergandan keyingina u “tilga kirishi” va tushgan pullarni qaynonasiga berishi lozim.
Bo`lib o`tgan hodisa yuzasidan Ingushetiya rahbari Yunus-Bek Evkurov ham salbiy fikr bildirib, amaldor Rashid Gagievni o`g`lining xulqi uchun ta`na qildi.
“Kuyovning kelinga bo`lgan munosabatidan yoshlarimiz orasida tarbiyaning, axloq-odobning past darajada ekanligini ko`rishimiz mumkin. Mast ahvolda o`zining axmoqligini namoyish qilish oila uchun sharmandali holdir”, deb yozdi Ingushetiya rahbari o`zining Instagram sahifasida. U respublika ma`muriyati diniy bo`lim boshlig`iga fuqarolik yig`ini, machit imomlari va jamoatchilik ishtirokida yoshlar orasida axloq-odob, tarbiyaviy ishlar yuzasidan tashviqot-targ`ibot ishlarini olib borish vazifasini yukladi.






