14.08.2013 22:37
Bolalar teatr studiyasiga kasting davom etmoqda
Bolalar teatr studiyasining birinchi katta loyihasi “Qirol sherning qaytishi” myuzikli bo`ladi. Ushbu yangi loyiha tashkilotchilari Fond Forum va “Ayollar kengashi” Respublika jamoat birlashmasi yoshlarga o`z iste`dodlarini namoyon etish imkonini yaratish maqsadida shu ishga qo`l urdi.
Bolalar teatr studiyasiga hujjatlarni qabul qilish 1-10 avgust kunlari o`tkazildi. Kasting jarayonida hakamlar hay`ati a`zolari yosh ishtirokchilardan qo`shiq kuylab berish, she`r aytish, berilgan mavzu bo`yicha improvizasiya namoyish etib berishni so`rashmoqda.
Teart studiyasida bolalar yoshiga qarab 2 ta blokda 4 ta guruhga bo`lingan holda ta`lim olishadi: 1-blok: kichik yoshli bolalar guruhi (5-6 yoshlilar), o`rta yoshli bolalar guruhi (7-10 yoshlilar), katta yoshli bolalar guruhi (11-15);
2-blok: o`smirlar guruhi (15-20 yoshlilar).
Teart studiyasi o`quv dasturiga vokal, xoreografiya, aktyorlik mahorati, ssenaristlik, ssenografiya va boshqa darslar kiritilgan.
Eslatib o`tamiz, bolalar improvizasiyalashgan teatri loyihasi 2005 yilda Gulnora Karimovaning bolalar myuzikli yaratish g`oyasi asosida paydo bo`lgan edi. Unga dunyoga mashhur “Qirol sher” multfilmi asos bo`lgan. Myuzikl debyuti poytaxtimizda o`tkazilgan va tamoshabinlarda katta qiziqish uyg`otgandi.
Keyin aktyorlar jamoasi bilan butun O`zbekiston shaharlari bo`ylab gastrol safarlari ushtirish g`oyasi paydo bo`ldi. Bu gastrol safarlari xayriya ishi sifatida uyushtirildi. Maqsad mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qilayotgan bolalarga, ularning ota-onalari va o`qituvchilariga o`z kuchi bilan ham haqiqiy spektakl yaratish, har bir boladagi iste`dod uchqunlarini olovlantirish mumkinligi ko`rsatish bo`lgan.





