Samarqand shahridagi Go`ro`g`li ko`chasida joylashgan postda navbatchilik qilayotgan post-patrul xizmati inspektorini mashina urib yubordi. Bu haqda “Samarkandskiy vestnik” gazetasining Facebook`dagi sahifasida xabar berildi.
Katta tezlik bilan harakatlanib kelayotgan Nexia haydovchisi inspektorning to`xtatish ishorasiga bo`ysunmay, kichik serjant Sherzod Mustafoevni urib ketgan.
YHXBB inspektori bosh miyachayqalishi, peshona yorilishi, o`mrov suyagi sinishi kabi tashxislar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ayni paytda haydovchi qamoqqa olingan. Tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






