AsosiyJamiyat

O`zbekistonning deyarli barcha oliy o`quv yurtlarida magistrlar tayyorlanadi

Yangi o`quv yilidan e`tiboran O`zbekistonda magistratura dasturlari bo`yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy ta`lim muassasalarining soni oshadi.
Endi magistrlarni Andijon mashinasozlik instituti, Guliston davlat universiteti, Buxoro tibbiyot instituti, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi va Urganch filiallari ham tayyorlaydi. 

Shunday qilib, mamlakatdagi deyarli barcha oliy o`quv yurtlar magistrlarni tayyorlashda ishtirok etadi, deya xabar beradi «Uzbekistan tudey». Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashning bir bosqichli tizimiga o`tish va bu bilan bog`liq o`zgarishlar magistratura bosqichidagi ta`lim sifatini sezilarli darajada takomillashtirishni talab etdi. Aynan shuning uchun Vazirlar Mahkamasining qarori bilan magistraturada kadrlar tayyorlash bo`yicha yangi ta`lim standartlari tasdiqlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar