AsosiyDunyo

​KIChKINA QIZALOQ BUVISINING JASADI YoNIDA 2 KUN YoLG`IZ QOLDI

'​KIChKINA QIZALOQ BUVISINING JASADI YoNIDA 2 KUN YoLG`IZ QOLDI'ning rasmi

Rossiyaning Ulyanovsk prokuraturasi buvisining jasadi yonida ikki kun yolg`iz qolgan qizcha kasalxonaga yotqizilgandan keyin surishtiruv ishlarini boshladi, deb xabar berdi Ria.ru nashri, bu haqda nashrga prokuror yordamchisi Vasiliy Zima ma`lum qildi.

Uning so`zlariga qaraganda, qizchada o`tkir nevroz kasalligi aniqlangan. Ikki yoshli qizchani onasi yolg`iz o`stirgan. Ayol Turkiyaga ishlashga ketgandan keyin qizcha Ulyanovsk shahrida buvisi bilan qolgan. Taxminlarga ko`ra? buvi 17 iyul kuni vafot etgan. Qizchaning onasi uyga qo`ng`iroq qilganda hech kim javob bermagan. Shundan keyin ayol xavotirlanib, Ulyanovskka qaytib kelgan. Ayol uyga kelganda onasining jasadini va stressga tushgan qizini ko`rgan.

Surishtiruv ishlaridan keyin prokuratura profilaktika tizimidagi tegishli mutasaddilarning harakatlariga baho beradi.

    Boshqa yangiliklar