AsosiyDunyo

​XOJILAR UChUN MAXSUS SOYaBON IXTIRO QILINDI

'​XOJILAR UChUN MAXSUS SOYaBON IXTIRO QILINDI'ning rasmi

Saudiyalik muhandis Muhammad Homid Sayig` xaj va umra ibodatini ado etishga kelgan xojilar uchun maxsus soyabon ixtiro qildi va uni patentlab qo`ydi. Bu haqda Islamcenter.uz portali xabar qilmoqda. Ushbu ixtiro “Makka soyaboni” nomini oldi.

Soyabonning o`ziga xos xususiyatlaridan biri, unda oddiy batareya bilan bir qatorda quyosh batareyasidan quvvat olib ishlaydigan kichik kondisionerning mavjudligidir. Bundan tashqari, soyabonga purkab sepishga mo`ljallangan suv idishini ham o`rnatish mumkin bo`ladi.

Ixtirochining o`zi ta`kidlashicha, avvaliga u soyabonda faqat ventilyator bilan cheklanmoqchi bo`lgan, ammo Xaj sharotidagi haroratning 40 gradusdan ortiq darajaga ko`tarilib ketishini inobatga olib, bunday vaziyatda xojilarning holatini yaxshilashga ventilyatorning o`zigina kamlik qilishini tushungan.

    Boshqa yangiliklar