14.08.2013 22:39
Qaysi davlat organiga murojaatlar soni ko`p?
http:G`G`my.gov.uz interfaol xizmat ko`rsatish yagona portalining reytingi ko`tarildi, deb xabar beriladi loyiha rasmiy saytida. Umuman o`tgan vaqt davomida portal orqali qilingan murojaatlar soni 582 taga etgan hamda ulardan 367 tasi ko`rib chiqilgan, 215 tasi o`rganilmoqda.
Portal mualliflari davlat muassasalariga murojaat etish bo`yicha portallar reytingini taqdim etdilar.
Unga ko`ra: 1. O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi;
2. Toshkent shahar hokimiyati;
3. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi;
4. O`zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalar qo`mitasi;
5. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
6. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
portallari yuqori o`rinni egalladi.
Shu o`rinda davlat tashkilotlarining ishonch xizmatlari telefonlari ham ishga tushganini aytish lozim. Bunda foydalanuvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan telefon raqamlari orqali murojaat etishlari ham mumkin bo`ladi, mas`ul shaxslar ularning murojaatnomalariga javob beradilar.





