AsosiyDunyo

​OAVLAR G20 SAMMITIDA ERDO`G`ANGA SUIQASD QILIShGA URINISh BO`LGANIDAN XABAR TOPDI

'​OAVLAR G20 SAMMITIDA ERDO`G`ANGA SUIQASD QILIShGA URINISh BO`LGANIDAN XABAR TOPDI'ning rasmi

Turkiya xavfsizlik idoralari Germaniya polisiyasini mamlakat rahbari Rajab Toyib Erdo`g`anga nisbatan ehtimoliy suiqasd haqida ogohlantirgan. Bu Gamburgdagi G20 sammitidan avval ro`y berdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Ta`kidlanishicha, Anqara Berlin jinoiy polisiya federal boshqarmasiga ehtimoliy suiqasdga tayyorgarlik ko`rilayotgani haqida maktub yo`llab, jinoyatchining ismini ham ma`lum qilgan.

Nashrning xabar berishicha, maktubdan keyin ham nemis maxsus xizmati Turkiya rahbariga suiqasd uyushtirilishi mumkinligini tan olmay, qo`riqlashni kuchaytirish chora-tadbirlarini ko`rmagan. Turkiya hukumati buni kurd faollarining navbatdagi nayrangi, deb hisobladi va bu haqda Germaniya polisiyasini ogohlantirdi. Ammo nemislar mazkur ogohlantirishni asossiz, deb topishdi.

G20 sammiti 7-8 iyul kunlari Gamburgda bo`lib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar