2017 yilning 17 iyul kuni taxminan soat 00:50larda Mirzo Ulug`bek tumani xududida joylashgan “Bibigon” kafesi yonida, Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan o`tkazilgan “Oriyat” tezkor tadbiri davomida, fuqaro Raximov Azizjon Murodjon o`g`li, o`ziga tegishli bo`lgan “Matiz” rusumli avtoulovida foxishalik bilan shug`ulanuvchi engil tabiatli ayollarni tashish bilan shug`ullanayotganligi aniqlanib ushlangan va hududiy ichki ishlar idorasiga olib borilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.







