AsosiyDunyo

MOSULDA ChEChENLIK JANGARIGA TURMUShGA ChIQQAN NEMIS QIZ QO`LGA OLINDI

'MOSULDA ChEChENLIK JANGARIGA TURMUShGA ChIQQAN NEMIS QIZ QO`LGA OLINDI'ning rasmi

Iroqning Mosul shahrida “Islom davlati” terrorchilik guruhi tarkibida jang qilgan chechen jangarisiga turmushga chiqqan nemis qiz qo`lga olindi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, 16 yoshli Linde Vensel (Linda Wenzel) 20 nafar boshqa ayollar bilan birga Mosulning er osti tunellaridan birida qo`lga olindi. Qiz tergov qilish uchun Bog`dod shahriga yuborildi. U bilan uchrashgan Iroq parlament a`zosi Vian Dakxilning so`zlariga qaraganda, qiz Germaniyadan Iroqqa kelib, “Islom davlati” terrorchilik guruhining chechen millatiga mansub jangarisiga turmushga chiqqanligini, qizning onasi Katarina ham tunneldan topilgan nemis qiz uning qizi ekanligini tasdiqlagan.
“Hozirda qiz tergov qilinmoqda. Biz hukumatdan uni Germaniyaga topshirmaslikni talab qilamiz. U Iroqqa terrorchilar safiga qo`shilish uchun kelgan, demak u Iroq qonunchiligi bo`yicha jazolanishi shart”, dedi deputat nashrga bergan intervyusida.

Nashrning ta`kidlashicha, Mosul shahrida tunneldan topilgan 20 nafar chet ellik ayollarning besh nafari Germaniya, ikki nafari Kanada, uch nafari Turkiya, uch nafari Rossiya va yana biri to`rt nafar farzandi bo`lgan Fransiya fuqarolari bo`lgan.

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy o`tgan haftada uch yil davomida jangarilar nazoratida bo`lgan Mosul shahrining terrorchilardan ozod etilganligini rasman ma`lum qilgan edi. Operasiyaga rahbarlik qilgan amerikalik general Stiven Tausend shaharni jangarilardan batamom tozalash uchun yana bir necha hafta zarurligini bildirdi. Chorshanba kuni al-Obodiy Mosulni ozod qilish uchun bo`lgan jang nihoyasiga etganligini ma`lum qildi.



    Boshqa yangiliklar