Hayotda nimalar bo`lmaydi, deysiz?
Tayvanda yashovchi ayol eriga messenjerdan xat yozganida u mazkur maktublarni e`tiborsiz qoldirishi tufayli ajrashishga qaror qildi.
Lin familiyali 50 yoshli ayol o`zidan ancha yosh bo`lgan yigitga 2012 yilda turmushga chiqan edi. U turmush o`rtog`i bilan bog`lanish uchun Tayvanda ommabop bo`lgan Line messenjeridan foydalanardi.
So`nggi yillarda uning turmush o`rtog`i bilan munosabatlari sovuqlashdi.
Erkak rafiqasi tomonidan jo`natilayotgan xabarlarga javob bermay qo`ydi. Lin xonimning turmush o`rtog`i hatto, uning avariya oqibatida shifoxonaga tushgani haqidagi xabarlarga ham javob bermay qo`ydi.
Bunday sovuq munosabatga ortiq bardosh bera olmasligiga ishonch hosil qilgan ayol eri bilan ajrashishga qaror qildi. tayvan sudi ayolning qarorini ma`qulladi va ularning nikohini bekor qildi.






