AsosiySalomatlik

​«ISSIQDA TERIM QIZARIB QOLAYaPTI...»

'​«ISSIQDA TERIM QIZARIB QOLAYaPTI...»'ning rasmi


– Ikki hafta oldin yaqinlarim bilan tog`li hududda dam olib qaytdik. O`shandan buyon terimda mayda toshmalar paydo bo`lgan. Avvaliga issiqlik bo`lsa kerak degandim, ammo havo harorati isigani sayin toshma ko`payib, qichishayapti. Bu biror bir teri kasalligi emasmi?

Savol «SMS» orqali kelgan

Savolga shifokor – dermatovenerolog Rustam ZOKIROV javob beradi:

  • Teri toshmalari turli xil holatda yuzaga kelishi mumkin. Siz aytayotgan hodisa quyosh ta`sirida kelib chiqadigan fotodermatit bo`lishi mumkin. Ammo alomatlari u qadar to`liq bayon etilmagani bois aniq tashxis qo`yishning imkoni yo`q. Sizga maslahatim, dermatolog ko`rigidan o`ting. Teri sinalmalari o`tkazilgach, toshma turi aniqlanib, shunga ko`ra kerakli davo muolajasi belgilanadi. Uy sharoitida esa mustaqil choralarni qo`llash mumkin emas. Toshma xarakterini bilmay turib bajarilgan usullar aks ta`sirni paydo qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar