AsosiyJamiyat

TOShKENT VILOYaTI TUMANLARIDA 10 TADAN 7 QAVATLI ZAMONAVIY UY-JOYLAR QURILADI

'TOShKENT VILOYaTI TUMANLARIDA 10 TADAN 7 QAVATLI ZAMONAVIY UY-JOYLAR QURILADI'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari loyihasi bilan tanishdi.

Toshkent viloyati hududidan o`tuvchi Toshkent-Sirdaryo avtomobil yo`li bo`yida yangi turar joylar, ijtimoiy soha ob`ektlari qurilishi mo`ljallangan. Zangiota, Chinoz va Yangiyo`l tumanlari hududidan o`tuvchi yo`l bo`yida uy-joylar qurilishi va joylashuvi loyihasi taqdimoti o`tkazildi, deb yozadi O`zA.

Loyihalarda uy-joylarning joylashuv sxemasi, ko`rinishi, dizayni o`z aksini topgan.

Shu kungacha Toshkent viloyatining ma`muriy markazi yo`q edi. Bugun bu ishga kirishmasak ertaga kech bo`ladi, dedi Prezidentimiz. To`ytepa shahrini viloyatning markazi sifatida qayta qurish tadbirlari amalga oshirilayotgani, bu borada xorijdan arxitektorlar taklif qilinganini ta`kidladi.

Prezidentimiz loyiha bilan tanishar ekan, Toshkent-To`ytepa yo`li atrofida zamonaviy uy-joylar qurish, ijtimoiy soha ob`ektlarini zamon talablari darajasida barpo etish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Bugun To`ytepa katta qurilish maydoniga aylangan. Toshkent viloyatining ma`muriy markaziga aylangan shaharda keng ko`lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. To`ytepa shahrining bosh rejasi taqdimoti ham o`tkazildi. Reja bo`yicha uy-joylar, ma`muriy bino va inshootlar qurilishida binolarning tashqi ko`rinishi va dizayniga alohida e`tibor qaratilgan.

To`ytepa shahrida joylashgan Toshkent viloyati hokimligi binosida Shavkat Mirziyoev raisligida viloyat faollari yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

    Boshqa yangiliklar