AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hukumati tomonidan qo`lga olingan Amerika fuqarolarini qaytarmasa, Eron “jiddiy muammolarga” duch kelishini ma`lum qildi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.
“AQSh prezidenti Donald Tramp agar qo`lga olingan Amerika fuqarolarini qaytarmasa, Eronga nisbatan jiddiy chora ko`rishga va`da berdi”, deyilgan Oq uy matbuot xizmati xabarida.
Tramp bundan 10 yil muqaddam Eronda yo`qolgan, sobiq huquq-tartibot idorasi xodimi Robert Levinsonni, biznesmenlar Siamaka va Bakir Namoziylarni qo`yib yuborishni talab qildi.
2015 yilda AQSh prezidenti Barak Obama ham Erondan amerikalik fuqarolarni ozod etishni so`ragan edi.






