AsosiyJamiyat

​PREZIDENT TOShKENT VILOYaTINING BIR QATOR RAHBARLARINI IShDAN OLDI (VIDEO)

'​PREZIDENT TOShKENT VILOYaTINING BIR QATOR RAHBARLARINI IShDAN OLDI (VIDEO)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 iyul kuni Angren shahriga tashrif buyurgani haqida avval xabar bergandik.

Tashrif yakunida Prezident viloyat faollari ishtirokida yig`ilish o`tkazdi. Unga vazirlik va idoralar, respublika darajasidagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ham taklif etildi.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, jamiyatda adolat ustuvorligini ta`minlash yo`nalishida aniq vazifalar belgilab berildi.

Majlisda Ohangaron, Angren shahar hokimlari, viloyat Markaziy banki rahbari, hududdagi sog`liqni saqlash, soliq, ichki ishlar, prokuratura tizimlaridagi bir qator rahbar xodimlar o`z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda “Axborot” informasion ko`rsatuvida ma`lum qilindi.

“Qonun ustuvor jazo muqarrar. Xalq ishonchi bizga eng katta me`zon”, – dedi Davlatimiz rahbari

Boshqa yangiliklar