AsosiyDunyo

​ChILIDA DUNYoDAGI ENG QURG`OQChIL ChO`L GULLADI

'​ChILIDA DUNYoDAGI ENG QURG`OQChIL ChO`L GULLADI'ning rasmi

Chilida haqiqiy dunyo mo``jizasi ro`y berdi — 2015 yildan beri ilk bora dunyoning eng qurg`oqchil cho`l-biyoboni hisoblangan Atakama cho`li qiyog`os gulga burkandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Bunday iqlimi og`ir sharoitda faqatgina issiqqa bardoshli bo`lgan o`simliklargina o`sishi mumkin. Chunki cho`l suvsizlikdan qovjirab yotadi. Ammo ayni paytda mazkur cho`lda 200 turdandan ortiq gullar qiyg`os ochilgan. Cho`lu-biyobonning gulzorga aylanishiga mutassil yoqqan yomg`ir sabab bo`ldi. Kuchli yog`ingarchilik oqibatida er ostida bo`lgan ildizdan gullar ochildi.

Mazkur holat nafaqat olimlarni, balki sayohlarni ham hayratga soldi. Noyob o`simliklarni, gullarni tomosha qilish uchun minglab sayyohlar Chili tomon yo`l olishdi.

    Boshqa yangiliklar