AsosiyDunyo

​JONLI EFIR VAQTIDA TIRIK HAYKAL “TILGA KIRDI” (VIDEO)

'​JONLI EFIR VAQTIDA TIRIK HAYKAL “TILGA KIRDI” (VIDEO)'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning Lester ko`chalaridan birida haykalni ifodalagan odam yo`ldan o`tayotgan o`tkinchiga baqirib, VVS kompaniyasi jurnalistining jonli efirini to`xtatib qo`yishga sabab bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

“Jonli haykal”ning baqirishi tufayli telekompaniya xodimasi mahalliy polisiyachi bilan bo`layotgan intervyuni to`xtatishga majbur bo`ldi.

Videoda Britaniyaning yirik teleradiokompaniyalaridan birining xodimi Emi Xarris polisiyachi bilan muloqot qilayotgan edi. Uning ortida turgan odam-haykalning baqirgani va kimnidir xaqorat qilgani aks etgan. Haykalning baqirishiga nima sabab bo`lgani noma`lum, ammo u o`zining bu harakati bilan jonli efirni to`xtatib qo`ydi. Emi Xarris zudlik bilan suhbatga yakun yasadi va “mazkur muammoga kelgusi safar albatta, qaytamiz”, deb so`zni qisqa qildi.

    Boshqa yangiliklar