1

​NOMARD KUYoVNING QILMIShI

Jinoyat 24.07.2017, 10:57
​NOMARD KUYoVNING QILMIShI

Har qaysi millatning o`ziga xos ma`naviyatini yuksaltirishda oilaning o`rni muhim sanaladi. Insonning ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag`rida shakllanadi. Oila muqaddas qo`rg`on deya ta`riflanishi ham bejizga emas.

Yangi qurilgan oila er va xotinning burch hamda o`zaro munosabatlari bilan yanada mustahkamlanadi. Biroq, oila sha`nini o`ylamay, kalta fikrlash oqibatida farzandlari va turmush o`rtog`ining halovatini buzib, tinch oila hayotini izdan chiqarayotgan kimsalar ham bor.

Xonqalik Sobir Jumaev (ism familiyalar o`zgartirilgan) ham ana shunaqalar toifasiga kiradi. Dastlab tuppa-tuzukkina yigit edi. Ammo keyingi paytlarda nobop kimsalarga qo`shildimi, o`zgardi-qoldi. Har xil narsalarni bahona qilib. Qildan qiyiq axtarishga tushdi.

Hammaning sabr kosasi qachondir to`ladi. Sobirning ayoli Nigora hamm avvaliga tishini tishigsha bosdi. Ammo, eriga insof bitavermagach, ota uyidan panoh izladi. Bolalarini ergashtiridi-yu, otasinikiga yo`l oldi.

Yolg`iz qolib, qilmishlari haqida yaxshilab o`ylab ko`rish o`rniga tag`in jahl otiga mingan S. Jumaev qayotasi X. Davletovnikiga ravona bo`ldi. Salom-aliksiz muddaoga o`tgan kuyov tuomush o`rtog`iga nimaga sababsiz ketib qolganligini so`radi. Nigora esa hozir bora olmasligini, uch-to`rt o`tgach qaytishini ma`lum qiladi. Sobir esa, Nigoraning gaplariga quloq solmas, qaytaga kurakda turmaydigan so`zlar bilan haqoratlardi.

Avvaliga “er-xotin o`zlari kelishib olishar” deya bir chetda qarab turgan qaynota kuyovining ovoz pardalari tobora balandlayotganini ko`rib, o`zini tutib turolmadi.

  • Menga qarang kuyov, — dedi u arang o`zini bosib. – Hozir siz bilan tortishib, sizning ham o`zimning ham kayfiyatimni buzmayin. Bugun borib, uyda damingizni oling. Ertaga otangiz bilan birga keling, hammasini yotig`i bilan gaplashamiz.
  • Nima? Sen kimni pastkash deyapsan?

Sobir harqalay qaynotasining salobati bosdimi, o`zicha ming`irlagancha ortiga burildi. Xayr-manzurni ham nasiya qilib, uyiga jo`nadi.

Jahldan tushmagan S. Jumaevni uyida opasi va pochchasi xavotir bilan qarshi olishdi.

— Muammoning echimini topamiz, o`zim olib kelaman kelin bilan bolalarni, — dedi pochchasi. – Kechroq sen bilan o`zim boraman qaynotangning oldiga.

Vaqt o`tishi bilan Sobirning g`azabi so`nish o`rniga tobora alanga olardi. Qaynotasining tanbehi uning izzat-nafsiga tegdi. Axir u yosh bola emas, yoki maktub o`quvchisi emaski, otasini ergashtirib borsa?

“Yo`q bularni tek qo`yib bo`lmaydi”. Sobirning oxirgi qarori shu bo`ldi. Pochchasi bilan yo`lga otlangan Sobir Jumaev hech kimga sezdirmasdan epchillik bilan oshxonaga kirib, pichoq olishni ham unutmadi.

Manzilga etib kelishgach, pochchasi unga uqtirdi:

— Jahling tezroq, shuning uchun hozir sen mashinada o`tirib tur. Qaynotang bilan o`zim gaplashib, bolalaringni opchiqaman. Yana orqamdan kirib, ishni rasovini chiqarib yurma!

Mashinada o`tirgan Sobir uchun har bir daqiqa yillarga cho`zilgandek bo`ldi. Pochchasi hadeb chiqavermagach, qaynotasining uyiga kirib borgan S. Jumaev suhbatga qo`shildi. Uyga ketishga rozilik bildirmayotgan turmush o`rtog`ining gaplariga toqat qilolmay turganida qaynotasining gaplari uni battar jahlini chiqaradi.

— Pochcha, yuring, yalinmang bu pastkashlarga. Qizi ham kerakmas menga, — dedi pochchasining engidan tortib.

Oilasi sha`niga yog`ilayotgan bu kabi haqoratlarga chiday olmagan qaynaka kuyoga qo`l ko`tarishgacha bordi. Shundan so`ng eng ichida yashirilgan pichoqqa ham ish topildi.

Kuyovidan har qanday keskinlikni kutsa-da, pichoq bilan hujum qilishi qaynotaning etti uxlab tushiga ham kirmagandi. Nomardd kuyovning qo`lidagi pichoq ko`ksiga sanchilganda, hammasini tusho`undi, ammo kech... Oilaviy qo`yddi-chiqdilar orqasidan kelib chimqqan janjal qaynotaning bevaqt o`limi bilan intiho topdi.

Sud hukmiga ko`ra S. Jumaevga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Nargiza BO`RONOVA,

jurnalist

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1